2016-yilning 18-aprel kuni Xitoy poytaxti Pekin shahrida yengil atletika bo‘yicha start olgan xalqaro Gran-pri musobaqasida uch nafar o‘zbekistonlik paralimpiyachi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi matbuot xizmati “Daryo” nashriga xabar berdi.
Mazkur Gran-prida 21 davlatdan 200 nafardan ortiq sportchi kuch sinashmoqda.
O‘zbekistonlik paralimpiyachilardan Faxriddin Hamroyev 400 metrga yugurish bahsida marra chizig‘ini 50,96 soniyada bosib o‘tib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Nayza otish bahsida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilardan Aleksandr Svechnikov 62,43 metr natija bilan erkaklar o‘rtasida, Nozimaxon Qayumova 43,31 metr bilan ayollar o‘rtasida birinchi o‘rinni egalladi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Pekin Gran-prisida o‘zbekistonlik paralimpiyachilar disk otish, yadro uloqtirish va 100 metrga yugurish bahslarida ham ishtirok etadi.
Izoh (0)