Misr harbiy-havo kuchlari Sinay yarim orolining shimoliy qismida kamida 30 nafar jangarini yo‘q qildi. “TASS”ning “al-Mal” yangiliklar portaliga tayanib xabar berishicha, zarbalar Shayx-Zuvayd shahri yaqinida to‘plangan ekstremistlar galasiga berilgan.
Aviatsiya o‘tgan yili IShIDga sadoqat izhor qilgan “Ansor Bayt al-Maqdis” ekstremistik yacheykasining pozitsiyalariga bir kun muqaddam tungi soatlardan zarba bera boshlagan edi. Bir necha soat davom etgan hujumlar asnosida qurol-yarog‘ omborlari ham nishonga olindi. Harbiylarning bayonotiga ko‘ra, havo reydlari qo‘poruvchilik harakatlarini tayyorlayotgan terrorchilarga qarshi yo‘naltirilgan preventiv choralar edi.
Sinay yarim oroli Misrning eng beqaror mintaqalaridan biri bo‘lib qolmoqda — bu yerda o‘rnashgan terrorchi guruhlar tez-tez qo‘poruvchilik aktlarini uyushtiradi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)