Avstriya Vengriya bilan chegara hududda nazorat tartibini joriy qildi — endilikda politsiya avtomobillarni tekshirmoqda, chegara uchastkasining ayrim qismlarini esa askarlar qo‘riqlamoqda. Bu haqda, AP agentligiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Tushuntirilishicha, bu chora qochqinlarning noqonuniy yo‘llar bilan chegarani buzib o‘tishiga qarshi kurash bilan bog‘liq ravishda ko‘rilgan. Ilgari qochqinlar ko‘p foydalangan “Bolqon yo‘li” yopilishi bilan kontrabandachilarning Avstriyaga Vengriya orqali muhojirlarni yashirincha olib kirishi hollari keskin ko‘paygan.
Chegara nazorati rejimi qancha muddat hukm surishi aniqlashtirilmayapti.
Izoh (0)