“Barselona” hujumchisi Luis Suares “Deportivo”ga qarshi (8:0) Ispaniya chempionati 34-turida “gol+pas” tizimida 7 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi “Sports.ru”.
28 yoshli futbolchi to‘rtta gol kiritish bilan birga jamoadoshlari Ivan Rakitich, Lionel Messi va Neymarga bittadan golli uzatma berdi. Suaresgacha “Barselona” tarkibida hali hech kim bunday natijaga erishmagan.
Statistik ma’lumotlar bilan shug‘ullanuvchi MisterChip’ning Twitter’dagi sahifasida qayd etilishicha, so‘nggi 66 yil mobaynida La Liganing bir o‘yinida hech kim bunday natijaga erishmagan. 1950-yilda “Atletiko” hujumchisi Xose Xunkosa “Rasing” klubiga qarshi (9:1) o‘yinda 4 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Bunga dalil tariqasida MisterChip o‘sha uchrashuvning hisoboti rasmini e’lon qildi.