Futbol bo‘yicha Rossiya Kubogi g‘olibligi uchun Moskvaning “SSKA” hamda Sankt-Peterburgning “Zenit” klublari kurash olib boradi.
Musobaqaning 2015/16-yilgi mavsumi yarim final uchrashuvlaridan keyin “Anji” hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to‘p suradigan “Krasnodar” klublari musobaqani tark etdi.
20-aprel kuni bo‘lib o‘tgan yarim finalning birinchi o‘yinida “Zenit” penaltilar seriyasiga ko‘ra muvaffaqiyat qozondi. Bosh murabbiy Andre Villash-Boash o‘yinning 120-daqiqasiga kelib darvozabon Mixail Kerjakov o‘rniga Yuriy Lodiginni maydonga tushirdi. Bu o‘zgarish penaltilar seriyasida Piter klubiga qo‘l kelib, Lodigin ikkita zarbani bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi.
Yarim finalning “SSKA”ga qarshi bo‘lib o‘tgan ikkinchi o‘yinida “Krasnodar” sharafini ikki nafar o‘zbekistonlik futbolchi himoya qildi. Odil Ahmedov hamda Nikolay Markov uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan maydonga to‘p surdi. Ahmedov 64-daqiqaga kelib almashtirildi. Bellashuv Moskva klubining 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan o‘z yakuniga yetdi.
Qayd etish kerak, Rossiya Kubogi finaida o‘ynayotgan ma’lum bir jamoa 8 yildan buyon kelasi yilgi finalda to‘p surmaydi. Ushbu turnirda eng ko‘p zafar quchgan klub “SSKA” hisoblanadi. Moskva “armiyachilari” 7 bor Rossiya Kubogini qo‘lga kiritgan. Bu ko‘rsatkich “Lokomotiv”da 6, “Spartak”da 3, “Zenit”da esa 2 tani tashkil qiladi.
Rossiya Kubogi Yarim final o‘yinlari 20-aprel, chorshanba
Izoh (0)