Futbol bo‘yicha Italiya A seriyasining 33-tur bellashuvlariga yakun yasaldi. Yevropa Ligasiga yo‘llanma beruvchi pog‘ona uchun kurash olib borayotgan “Milan” va “Latsio” klublari unda 3 ochkodan qo‘lga kiritdi.
“Latsio” o‘z maydonida “Empoli”ni 2 ta gol farqi bilan mag‘lub etdi. 33-turdan keyin Rim klubi hisobida 48 ochko bor. “Sassuolo” ham 48 ochko jamg‘arib, to‘plar nisbatiga ko‘ra “Latsio”dan bitta yuqori o‘ringa joylashgan.
“Sampdoriya” maydonidagi g‘alabasidan keyin “Milan” 52 ochko bilan 6-pog‘onani band etgan. Undan olinda borayotgan “Fiorentina” 59 ochkoga ega.
Qayd etish kerak, “Yuventus”dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin “Milan” bosh murabbiyi Sinisha Mixaylovich iste’foga chiqarilgandi. Uning o‘rnini egallagan Kristian Brokki birinchi o‘yindayoq 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Italiya A seriyasi 33-tur bellashuvlari 17-aprel, yakshanba
Izoh (0)