O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Yaponiya janubidagi Kyusyu orolidagi kuchli zilzilalar oqibatida ko‘p sonli insonlar halok bo‘lishi va vayronagarchilikka olib kelishi munosabati bilan Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abega chuqur hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Maktubda davlat rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolariga va yaqinlariga hamda jabrlanganlarga chuqur hamdardlik va dalda bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Kyusyu orolida sodir bo‘lgan birinchi zilzila oqibatida 9 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)