16-aprel, shanba kuni Buyuk Britaniya hukumatining ijtimoiy sarf-xarajatlarni qisqartirish siyosatiga qarshi London markazida tashkil etilgan namoyishda 150 mingga yaqin kishi ishtirok etdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Namoyishchilar Konservativ partiya yetakchisi bosh vazir Devid Kemerondan iste’foga chiqishni talab qildi va hukumatni qattiq tejamkorlik choralari qo‘llashni to‘xtatishga chaqirdi.
Ular dastlab London universiteti kolleji oldida to‘plandi, keyin esa Trafalgar maydoniga yo‘l oldi. Politsiyachilar shaharning ko‘plab markaziy ko‘chalarida transport harakatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
Namoyishda ko‘plab talabalar va tibbiyot muassasalari xodimlari qatnashdi. Talabalar oliy ta’lim muassasalarida o’qish narxining oshirilishiga qarshi chiqqan bo‘lsa, shifokorlar mehnat shartnomalarining qayta ko‘rib chiqilishini talab qildi.
Izoh (0)