“Roskosmos” davlat korporatsiyasi NASA bilan Amerikaning BEAM modulini Xalqaro kosmik stansiyaga biriktirish haqida kelishib oldi. Bu haqda, boshqarma matbuot xizmati vakilining ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 16-aprel kuni BEAM Amerikaning Dragon yuk kemasidan chiqarilib, manipulyator yordamida tutashtiruvchi modulga olib o‘tiladi va NOD-3 moduliga biriktiriladi.
Dragon kemasi (SpX-8) stansiyaga uch tonnadan ortiq turli yuklar, jumladan oziq-ovqat, qurilmalar, turli materiallar va BEAM (Bigelow Expandable Activity Module) eksperimental turar-joy modulini yetkazgan. BEAM ikki yil davomida stansiya tarkibida bo‘ladi.
Izoh (0)