Madridning “Atletiko” klubi ustozi Diyego Simeone “Barselona”ga qarshi kechgan va jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar beradi “Chempionat”.
“Kuchli to‘rtlikdan joy olish muhim, ammo sensatsion natija emas. Umid qilamanki, bundan ko‘prog‘iga erishamiz. Futbolning o‘zgacha lahzalaridan bahramand bo‘lish kerak”, – dedi Simeone.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” va “Atletiko” klublari o‘rtasidagi YeChL chorak final dastlabki o‘yinida kataloniyaliklar 2:1 hisobida zafar quchgan edi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, “Atletiko” YeChL yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)