Hindistonda aprel oyi boshidan buyon jazirama oqibatida 130 dan ortiq odam qurbon bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Avvalroq Telangana va Andxra-Pradesh shtatlarida 111 kishining halok bo‘lganligi haqida ma’lum qilingandi.
Hindiston sharqidagi Odisha shtati hukumatining ma’lumotiga ko‘ra, oxirgi bir necha kunda havo haroratining yuqori darajada bo‘lishi tufayli quyosh urishidan 24 kishi halok bo‘lgan.
Shtatning 19 ta shahrida 40 darajadan yuqori harorat qayd etilgan. Shtat poytaxti Bxubaneshvarda 11-aprel, dushanba kuni aprel oyidagi rekord daraja qayd etilgan. Shaharda havo harorati 45,8 darajagacha ko‘tarilgan.
Jazirama tufayli ko‘plab davlat muassasalari yopilgan.
Izoh (0)