Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi bosh kotibi Sharan Barrou boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Bu haqda, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashining matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar beradi.
330 dan ortiq milliy kasaba uyushmalari markazlarini birlashtiruvchi Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi vakillari Kasaba uyushmalari federatsiyasining turli soha xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va manfaatlari himoyasi bo‘yicha faoliyati bilan tanishdi, shuningdek, hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
Tashrif doirasida Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasining delegatsiya a’zolari Toshkent yo‘lovchi vagonlari qurish va ta’mirlash zavodi hamda Samarqandning Sam Antep Gilam kompaniyasiga tashrif buyurdi. U yerda ishchilarning mehnat qilish va dam olish shart-sharoitlari bilan tanishdi.
Izoh (0)