Pokiston shimoli-g‘arbida 10-aprel, yakshanba kuni yuz bergan zilzila natijasida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda The Express Tribune gazetasi ma’lumotiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar beradi.
Ikki kishi Karakar tog‘ dovonida (shimoli-g‘arbiy Xayber-Paxtunxva viloyati) yer silkinishi natijasida yuzaga kelgan ko‘chki, yana ikki kishi o‘sha viloyatning Charsadda okrugida tosh devorning qulashi oqibatida halok bo‘lgan.
Xayber-Paxtunxva aholisining yana kamida 27 nafari shikastlanishlar bilan shifoxonalarga yetkazilgan.
10-aprel kuni Afg‘oniston va Pokiston chegarasi yaqinida ro‘y bergan yer silkinishi Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekiston hududida sezildi.
Izoh (0)