McDonald’s direktorlar kengashi raisi Endryu MakKenna 12 yillik faoliyatidan so‘ng lavozimini tark etadi. Bu haqda tezkor ovqatlanish tarmog‘i matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
86 yoshli MakKenna direktorlar kengashiga nomzodini qo‘ymaslikka qaror qildi. U kompaniyada jami 25 yil xizmat qildi, shundan 12 yil mobaynida direktorlar kengashini boshqardi. Nafaqaga chiqqandan so‘ng MakKenna faxriy rais etib tayinlanishi, uning o‘rniga esa 26-may kuni yangi rahbar saylanishi bildirilgan.
MakKenna 1991-yili xalqaro bozorlarda faoliyatini avj oldirishga e’tibor qaratgan McDonald’s kompaniyasining direktorlar kengashi tarkibiga kirgandi. Hozirda kompaniya 100 dan ziyod mamlakatda xizmat ko‘rsatayotgan dunyodagi yirik taomlanish tarmog‘i sanaladi.
Izoh (0)