Indoneziyaning markaziy qismidagi Ternate shahridan 130 kilometr janubda Molukka dengizining akvatoriyasida 5,8 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining Sibir bo‘linmasi Geofizika xizmati ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, yer silkinishi Moskva vaqti bo‘yicha 11:52 (Toshkent vaqti bilan 13:52) da sodir bo‘lgan.
Epimarkazdagi tebranishlar shiddati bo‘yicha zilzila “ancha kuchli” sifatida baholanmoqda.
Izoh (0)