Qozog‘iston prezidentining Vashingtonda bo‘lib o‘tayotgan Yadro xavfsizligi sammitidagi ishtiroki doirasida Qozog‘iston va AQSh tomonidan yadro quroli tarqatmaslik va yadro xavfsizligi sohasidagi hamkorlik haqida qo‘shma bayonot qabul qilindi. Bu haqda Kazakhstan Today xabar bermoqda.
Hujjatda tomonlar ikkala davlat tomonidan yadro materiallarini saqlash xavfsizligini oshirish uchun ko‘riladigan muayyan choralar majmuasini sanab o‘tdi va ushbu sohadagi hamkorlikni davom ettirish tarafdorlari ekanligini tasdiqladi.
Qozog‘iston va AQSh yadro qurolini tarqatmaslik va yadro xavfsizligini kuchaytirish rejimini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish tarafdori ekanligini tasdiqladi.
Izoh (0)