Liberiyada Ebola bezgagidan o‘lim bilan bog‘liq yangi holat qayd etildi. Bu haqda mahalliy mansabdorlarga tayanib, Reuters ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
“31-mart, payshanba kuni kechki payt 30 yoshli ayol kasalxonada Ebola bezgagidan vafot etdi, — deya ma’lum qilgan agentlikka sog‘liqni saqlash vazirligi vakili. Kasalxona xodimi ayolda Ebola aniqlanganini tasdiqlagan.
Ma’lumot uchun, 29-mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mazkur bezgak bilan bog‘liq va 20 oy davom etgan xalqaro favqulodda holat tartibini bekor qilgandi.
Izoh (0)