JARdagi qo‘riqxonadan qochib ketgan Silvestr laqabli sher bu safar uch kun erkinlikda yurdi. Milliy bog‘lar ma’muriyatining ma’lum qilishicha, kuzatuv datchikli bo‘yinbog‘ tufayli ovchilar yirtqichni yetish qiyin bo‘lgan tog‘ hududidan vertolyot yordamida topgan. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Sherga havodan o‘q uzib uxlatib qo‘yilgandan keyin mashinagacha bo‘lgan uch kilometr yo‘lda yirtqichni zambilda olib borishga to‘g‘ri keldi.
O‘tgan yili Silvestr uch hafta davomida erkinlikda yurgan edi. U 300 kilometr masofagacha ketib qolgan va ko‘plab qo‘ylarni g‘ajib tashlagan edi. Odamlar jabrlanmagan. Shundan keyin sherga kuzatuv datchigi taqib qo‘yilgan edi.
Yirtqichning taqdiri noma’lumligicha qolmoqda. Milliy bog‘lar ma’muriyati Silvestr odamlar uchun xavf tug‘dirganligi sababli uni tinchitmoqchi edi. Biroq bu rejalar hayvonlar himoyachilari o‘rtasida keskin noroziliklarni uyg‘otdi. Sherning hayotini saqlab qolish talab etilgan petitsiyani allaqachon 3 500 kishi imzolagan.
Izoh (0)