Butun Braziliya bo‘ylab o‘n minglab odamlar mamlakat prezidenti Dilma Russeffni qo‘llab-quvvatlash uchun namoyishlarga chiqdi. Bu haqda “Interfaks” xabar beradi.
Namoyish ishtirokchilari muxolifatchi kuchlarni mamlakatda davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinishda ayblamoqda. Namoyishchilar Dilma Russeffning so‘l partiyasiga qarashli qizil bayroqlarni olib chiqdi.
Namoyishlar mamlakatning 30 dan ortiq shahri, jumladan, Brazilia, Rio-de-Janeyro va San-Pauluda bo‘lib o‘tdi.
Avvalroq parlamentning impichment bo‘yicha qo‘mitasi Russeffga nisbatan e’lon qilingan ayblovlarni ko‘rib chiqish jarayonini boshlagan edi.
Izoh (0)