Vyetnam tarixida birinchi marta mamlakat Milliy majlisi (parlament) raisligiga ayol kishi saylandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Parlament raisligiga deputatlarning 95,5 foiz ovozi bilan Vyetnam Kommunistik partiyasi (VKP) Markaziy qo‘mitasi siyosiy byurosining a’zosi Nguyen Txi Kim Ngan saylandi.
Shu yili 61 yoshga kirgan Nguyen Txi Kim Ngan oxirgi besh yil davomida Milliy majlis raisi o‘rinbosari lavozimini egallab kelgan. Avvalroq u Vyetnam Moliya vazirligi tizimida faoliyat yuritgan.
Izoh (0)