2016-yilning 30-mart, chorshanba kuni O‘zbekiston Respublikasi va Isroil Davlati tashqi ishlari vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning to‘rtinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Uchrashuvda tomonlar turli yo‘nalishlardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari, jumladan, parlamentlararo aloqalar, savdo-iqtisodiy va investitsion, ma’daniy-gumanitar hamkorlikni atroflicha muhokama qildi. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Isroil delegatsiyasiga TIV bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Jeremi Issaxarov rahbarlik qildi. Maslahatlashuvlarda Isroil elchisi Karmela Shamir ishtirok etdi.
Izoh (0)