Afsonaviy braziliyalik futbolchi Pele reklamada uning timsolidan noto‘g‘ri foydalangani uchun Janubiy Koreyaning elektronika jihozlarini ishlab chiqaruvchi Samsung kompaniyasini sudga berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, The New York Times nashrining sahifasidagi Samsung televizorlari reklamasida Pelega o‘xshagan inson tasvirlangan. Reklamada, shuningdek, Pele doimo qo‘llagan, “qaychi” uslubida to‘pga zarba berayotgan futbolchining surati ham tushurilgan.
Manbaning yozishicha, Pele Samsung kompaniyasidan unga yetkazilgan zararni qoplash uchun 30 million dollar tovon puli to‘lashini talab qilmoqda.
Izoh (0)