“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 1-aprel, juma kuni Turkiyaga uchadi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
Futbolchi 4,5G taqdimotida ishtirok etish uchun Istanbulga boradi. Kompaniyalar menejerlari portugaliyalikni mazkur yangi texnologiya taqdimoti uchun tanlagan.
Ma’lumot uchun, taqdimotdan bir sutka o‘tib “Real” Ispaniya chempionatining 31-turi doirasida birinchilik yetakchisi “Barselona” bilan mehmonda o‘ynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:30 boshlanishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)