Kecha, 29-mart kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida JCh—2018 saralashi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Bahraynga qarshi bahs olib bordi. Sardor Rashidov tomonidan 50-daqiqada kiritilgan yagona gol O‘zbekiston termasining g‘alabasini ta’minladi.
O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmatining Facebook’dagi sahifasida va “Championat.asia” saytida O‘zbekiston — Bahrayn o‘yiniga oid eng qiziqarli fotosuratlar taqdim etildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2018 turniriga ikkinchi saralash bosqichining “H” guruhida 21 ochko to‘plagan holda uchinchi saralash bosqichiga birinchi o‘rin bilan chiqdi.
Izoh (0)