Misrning Egypt Air aviakompaniyasiga tegishli A-320 samolyotini garovga olgan shaxs samolyotga yoqilg‘i quyishni, shundan so‘ng Turkiya tomon uchishni talab qildi. Bu haqda, Sky News Arabia’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Bundan oldinroq u Misr qamoqxonalaridagi ayollarni ozod etishni talab qilgan edi.
Bir muddat ilgari Kipr tashqi ishlar vazirligi asl jinoyatchining ismini oshkor qildi. Ma’lum bo‘lishicha, bu, ilgari xabar berilganidek, Iskandariya va Atlanta universitetlari professori Ibrohim Samaha bo‘lmay, balki Sayf ad-Din Mustafo ismli shaxs ekan. Samahaning o‘zi ayblovlarni rad qilib, bortni boshqa yo‘lovchilar bilan birga tark etganini e’tirof etdi. Ibrohim Samahaning rafiqasi ham Misrning “ON-TV” telekanali efirida uning eri jinoyatga aloqador emasligini tasdiqladi.
Izoh (0)