Toshkent shahridagi barcha tramvay yo‘nalishlari yopiladi. Bu haqda, “Gazeta.uz” xabariga ko‘ra, Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov 28-mart, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Xabar berishlaricha, mazkur qaror avtomobil transporti sonining muntazam ortib borayotgani, ko‘cha tarmoqlarining yetarli darajada rivojlanmagani va tramvay yo‘nalishlarining samarasiz faoliyati sabab qabul qilingan.
O‘zbekiston poytaxtidagi tramvay yo‘llarini demontaj qilish ishlari davom ettiriladi — jami 87,8 kilometr rels, xususan, Muqimiy, Samarqand darvoza, Mehrjon-Sayxun, Aliyev, Temiryo‘lchilar, Kichik halqa yo‘li, Beltepa, Shifokorlar, Toshkent avtomobil halqa yo‘li, Farhod-To‘qimachi, Mannon Uyg‘ur-Beshqayrag‘och, Lutfiy, Katta Xirmontepa, Qamarniso, Forobiy, Ohangaron yo‘li, Qorasuv, Farg‘ona yo‘li, Yangi Qo‘yliq, Qushbegi va Bunyodkor ko‘chalaridagi tramvay yo‘llari olib tashlanadi.
Tramvay yo‘llari olib tashlangan ko‘chalarda qatnov qismi kengaytiriladi. Ko‘chalarni kengaytirish zarurati bo‘lmagan joylarda hudud obodonlashtiriladi. Keyinchalik foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan relslarning bir qismi ustidan asfalt yotqiziladi.
Izoh (0)