Somali markazida tan olinmagan Galmudug davlati xavfsizlik kuchlari bilan oxirgi to‘rt kun ichidagi to‘qnashuvlarda “Ash-Shabob” terrorchilik guruhining 115 nafar jangarisi yo‘q qilindi, 110 nafari hibsga olindi. Bu haqda “Sinxua” agentligi ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
“Terrorchilik guruhi jangarilari bilan to‘rt kun davom etgan keskin to‘qnashuvlardan keyin Galmudug qo‘shinlari kurash yakunlanganligini xursandchilik bilan ma’lum qilmoqda. Bunda 115 nafar terrorchini yo‘q qilish va 110 nafarini hibsga olishga erishildi”, — deydi tan olinmagan davlat prezidenti Abdulkarim Husayn Guled.
Guledning so‘zlariga qaraganda, jangarilar Galmudug hududiga Somalining sharqiy qismidagi Puntlend avtonom tumanidan yetib kelgan va terakt sodir etishni rejalashtirgan.
Izoh (0)