O‘zbekistonda xo‘jalik sudlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bosqichma-bosqich joriy qilinmoqda, deb yozadi Oliy xo‘jalik sudi matbuot xizmati.
2013-yil boshidan buyon xo‘jalik sudlariga taqdim etiladigan da’vo arizalari va iltimosnomalarni elektron shaklda qabul qilib olish tizimi tashkil etilgan — Oliy xo‘jalik sudi rasmiy veb-saytida markazlashtirilgan elektron dastur ishga tushirilgan.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2013-yilda xo‘jalik sudlariga elektron shaklda jami 1805 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, 2014-yilda ularning soni 37 mingdan ziyodni, 2015-yilda esa 58 mingga yaqinni tashkil etdi.
2013-yil 1-iyunidan xo‘jalik sudlarida sud dalolatnomalari sud ishi tomonlariga elektron aloqa vositalari orqali yo‘naltiriladi. 2014-yil 1-yanvardan esa ma’lumotlarning markazlashgan elektron bazasi tashkil qilingan.
Sud ishi ishtirokchilariga qulaylik yaratish maqsadida 2014-yil 1-sentabrdan sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish ta’minlangan.
Izoh (0)