2016-yilning fevralida O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi ancha shiddat bilan avj oldi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” Iqtisodiy tadqiqotlar markazi tomonidan e’lon qilingan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI)ga tayanib.
Yilning ikkinchi oyida IFI 1122 punktni tashkil etdi (1000 dan yuqori belgi faollik o‘sganini, 1000 dan pasti esa tushganini ko‘rsatadi), bu tadbirkorlik faoliyatining jadalligi yanvarga nisbatan (944) 12,2 foizga oshganini bildiradi.
Fevralda ishbilarmonlik faolligining o‘sishi indeksning to‘rtta komponentidan uchtasi oshishiga bog‘liq bo‘ldi: xo‘jalik subyektlarining bank hisoblari bo‘yicha operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan 15,5 foizga, tovar-xomashyo birjasida xomashyo sotib olish 16,7 foizga oshdi, shuningdek, amaldagi xo‘jalik subyektlari komponenti 1 foizga yaxshilandi.
Biznes faolligini savdo belgilari himoyasi bo‘yicha aniqlaydigan IFI komponenti, aksincha, pasaydi va yanvardagi 2,8630 dan 0,9522 punktgacha tushdi.
Izoh (0)