Rossiyaning olti mintaqasida 27-martga o‘tar kechasi soat zonalari chegaralari o‘zgarishi munosabati bilan vaqt hisobining yangi tartibi amal qila boshladi. Bu haqda Rosstandart agentligiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
“Vaqt hisobi to‘g‘risida”gi federal qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, 27-mart mahalliy vaqt bilan 02:00 da Baykalorti va Oltoy o‘lkalari, Oltoy Respublikasi, Saxalin, Astraxan va Ulyanovsk viloyatlarida soat millari bir soat oldinga o‘tkazildi.
Endilikda Astraxan va Ulyanovsk viloyatlarida Moskva vaqtidan farq bir soatni, Baykalorti o‘lkasida — olti soatni tashkil qiladi. Shuningdek, endilikda Moskva Oltoy o‘lkasi va Oltoy Respublikasidan to‘rt soat, Saxalin viloyatidan sakkiz soat orqada yuradi.
Izoh (0)