2015-yilning 13-noyabrida Parijda uyushtirilgan teraktlarning tashkilotchilaridan biri — Abdulhamid Abaaudning Gretsiya poytaxti Afinada joylashgan xonadonidan Bryussel aeroportining xaritasi topilgan edi. Bu haqda Belga agentligi xabariga asoslanib, “TASS” yozmoqda.
Aytilishicha, Abdulhamid Abaaud 2015-yilning yanvarida Afinada yashagan. U istiqomat qilgan uydan topilgan USB-xotira uskunasi va kompyuterda Bryussel aeroportining chizmalari va sxemasi bo‘lgan.
Gretsiya prokuraturasi bu ma’lumotlarni tasdiqlamadi.
2015-yilning fevralida Belgiyada o‘tkazilgan aksilterror operatsiyasida terrorchi guruh qirollik hududida yirik qo‘poruvchilik harakatlarini tayyorlayotganini tasdiqlaydigan ma’lumotlar topilgan edi. Guruh yetakchisi — Abdulhamid Abaaud reyd paytida Suriya hududida bo‘lgani tufayli hibsga olinmadi. Keyinchalik u Parij teraktlarining tashkilotchilaridan biri bo‘ldi. Teraktlardan bir necha kun o‘tib, Abdulhamid Sen-Denidagi maxsus operatsiyada fransuz politsiyasi tomonidan yo‘q qilindi.
Izoh (0)