“Vesti” dasturi tahririyati 19-mart kuni Rostov-Dondagi aeroportga qo‘nish chog‘ida halokatga uchragan Boeing 737-800 samolyoti uchuvchilar kabinasidagi so‘zlashuvlar rasshifrovkasini qo‘lga kiritdi. Telekanalning ta’kidlashicha, bu rasmiy hujjat emas, redaksiya uni surishtiruv komissiyasidagi manbasidan olgan. Bu haqda “RBK” xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, og‘ir meteorologik sharoitlarda kapitan Aristos Sokratus qo‘nishga ikkinchi urinishda bu urinishdan voz kechishga qaror qiladi va yuqoriga ko‘tarilish haqida buyruq beradi.
Shundan keyin Boeing 15 daraja burchak bilan yuqorilaydi, balandga ko‘tarilish shtat rejimida 40 soniya davom etadi. Biroq eshelonga yetmasdan komandir avtopilotni o‘chiradi va Boeing pastga qulay boshlaydi. Shundan so‘ng, kabinadan “Asabiylashma, tort!”, degan so‘zlar eshitiladi.
Eslatib o‘tamiz, FlyDubai aviakompaniyasiga tegishli, Dubaydan Rostov-Donga uchayotgan “Boing” layneri 19-mart, shanba kuni Rostov-Don aeroportiga qo‘nishga urinish vaqtida halokatga uchragan edi. Hodisa oqibatida samolyot bortida bo‘lgan 62 kishining barchasi halok bo‘lgan.
Izoh (0)