Bag‘doddan janubdagi futbol stadionida havaskorlar uchrashuvini o‘tkazish chog‘ida sodir etilgan portlashning qurbonlari soni 41 kishiga yetdi. Bu haqda Associated Press agentligiga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Ilgariroq halok bo‘lganlar soni 29 kishini tashkil qilgani xaqida xabar berilgan edi.
Yaralanganlar soni 105 kishiga yetdi.
SITE Intelligence Group guruhining ma’lumotlariga qaraganda, terakt uchun javobgarlikni IShID ekstremistik guruhi zimmasiga olgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)