AQShning eng yirik megapolisida 116-marta o‘tkazilayotgan Nyu-Yorkning nufuzli xalqaro avtoshousida butun dunyo bo‘yicha mingdan ortiq avtomobil modeli namoyish etildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Keng omma uchun avtosalon o‘z eshiklarini 25-mart kuni ochadi va avtoshou 3-aprel kuni yakunlanadi. Jacob Javits Convention Center ko‘rgazmalar kompleksida o‘tkazilayotgan tadbir tashkilotchilari 23-mart, chorshanba kuni avtomobil sanoati yangiliklari bilan tanishish uchun jurnalistlarga ruxsat berdi.
Unda, jumladan, Yaponiyaning Toyota kompaniyasi GT 86 modelining yangilangan versiyasini taqdim etdi. Ikki litrlik dvigatel va 200 ot kuchi bilan ta’minlangan avtomobil AQShda avtosalondagi namoyishdan keyin sotuvga chiqadi.
Mazda to‘rtinchi avlod MX-5 RF rodsterini namoyish etdi. Nissan esa o‘zining mashhur GT-R avtomobilining 2017-yilgi modelini taqdim etdi.
Germaniyaning Audi avto ishlab chiqaruvchisi, o‘z navbatida, TT va TTS modellarini yangilagan. General Motors 640 ot kuchiga ega 6,2 litr, sakkiz silindrli dvigatel bilan jihozlangan Chevrolet Camaro’ning ZL1 modelini namoyish etdi.
Izoh (0)