AQSh va Kuba yetakchilari Barak Obama hamda Raul Kastroning Gavanadagi uchrashuvi biroz noqulay yakunlandi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Rasmiy xayrlashuv chog‘ida Obama odati bo‘yicha Kastroni yelkasiga qoqib qo‘ymoqchi bo‘ldi, ammo u AQSh prezidentining qo‘lidan ushlab, bir necha soniya havoda tutib turdi. Rahnamo siymosi o‘rniga Obama qo‘lga olingan jinoyatchi holiga tushdi va ikkinchi qo‘lini jurnalistlarga silkitdi.
Ekspertlar Obamaning Kubaga tashrifi maqsadlaridan biri Gavana bilan hamkorlik tarafdori bo‘lgan Demokratik partiyani prezidentlik poygasida qo‘llab-quvvatlash bo‘lgani bildirilmoqda. O‘z muddatini yakunlayotgan Obama bu vazifani qoyilmaqom uddalay olmagan ko‘rinadi.
https://youtu.be/4aNjpBdTuw0
Izoh (0)