Kanadaning Toronto shahri sobiq meri Rob Ford 46 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda “RBK” Fordning ofisi bergan bayonotga tayanib.
2014-yildan buyon Ford liposarkoma — oshqozon yumshoq to‘qimalarining kamyob saraton o‘smasi bilan kurashib kelgan.
U 2010-yilda Toronto merligiga saylangan, bu lavozimni u 2014-yil noyabrida tark etgan.
Reuters ta’kidlashicha, sobiq mer ish joyining o‘zida narkotiklar qabul qilgani, shuningdek, shirakayf holatda mashina boshqargani haqida omma oldidagi e’tirofi orqali mashhurdir.
Izoh (0)