Yevropa kengashi bosh kotibi Turbyern Yagland Bryusseldagi teraktlarni “Yevropa qadriyatlariga hujum” deb baholadi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Biz — prezident va men — Bryusseldan kelgan yangiliklardan esankirab qoldik. Bu Yevropa qadriyatlariga navbatdagi hujum. Belgiya xalqi va rasmiylari, mazkur fojiada jabrlanganlar bilan yakdilmiz”, — deya ta’kidlagan Albaniya prezidenti Buyar Nishani bilan uchrashuvi chog‘ida Yagland.
Izoh (0)