AQSh prezidenti Barak Obama ikki kunlik tashrif bilan Argentinaga keldi. Uning samolyoti Buenos-Ayres aeroportiga qo‘ngani bildirilmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Tashrifning rasmiy dasturi 23-mart, chorshanba kuni tushdan so‘ng boshlanadi. Argentina yetakchisi Maurisio Makri bilan “Kasa Rosada” prezident saroyidagi uchrashuv va muzokaralardan so‘ng Obama poytaxtdagi Kafedral soborda gulchambar qo‘yish marosimida ishtirok etadi.
Shundan so‘ng AQSh prezidentining yosh argentinaliklar bilan muloqoti ko‘zda tutilgan. Obama ular bilan Vashingtonning Lotin Amerikasi, xususan, Argentina bilan munosabatlari haqida so‘z yuritishi kutilmoqda.
Izoh (0)