21-mart, dushanba kuni Mali poytaxti Bamakodagi Yevropa Ittifoqining mahalliy armiyaga ko‘mak beruvchi harbiy missiyasi joylashgan Nord-Sud mehmonxonasiga uyushtirilgan hujumni qaytarish chog‘ida bir nafar jangari o‘ldirildi, ikki nafari qo‘lga olindi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
“Hujum qilganlardan biri o‘ldirildi. Unda bo‘lgan qopni tekshiryapmiz, ichida portlovchi moddalar bo‘lishi mumkin. Ikki nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan, ular hozirda so‘roq qilinmoqda”, — deya ma’lum qilgan Mali ichki ishlar vaziri, polkovnik Salif Traore.
Izoh (0)