Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi (DAQ) rasmiy vakilining bayonotiga ko‘ra, mutaxassislar Rostov-Donda qulagan samolyotning “qora quti”laridagi yozuvlarni o‘rganishga kirishdi. Bu haqda, “Interfaks” xabariga asoslanib, “Vedomosti” yozmoqda.
“Bort o‘ziyozar asbobidagi ma’lumotlarni ko‘chirish kecha kechqurun tugatildi, ularni o‘rganish boshlandi”, — dedi tashkilot vakili va jarayon bir necha hafta vaqt olishini qo‘shimcha qildi.
Ilgariroq halokatga uchragan laynerning ikkala “qora quti”si topilgani, ularni o‘rganish bir oyga yaqin davom etishi ma’lum qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, FlyDubai aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-800 layneri 19-mart, shanba kuni Rostov-Don aeroportiga qo‘nish vaqtida halokatga uchradi. Hodisa oqibatida samolyot bortida bo‘lgan 55 yo‘lovchi va 7 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi.
Izoh (0)