Internet firibgarlari Rostov-Donda halokatga uchragan “Boing” samolyotining tasodifan omon qolgan yo‘lovchisi — Elvira Isayeva nomidan “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ida soxta sahifa tashkil qildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Sankt-Peterburgda istiqomat qiluvchi Viktoriya Vlasovaning sahifasi xakerlar tomonidan buzilgan, shundan so‘ng u Elvira Isayeva nomiga “o‘tkazilgan”. Sahifa orqali halok bo‘lganlarning qarindoshlariga yordam berish maqsadida pul to‘planishi e’lon qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 19-mart, shanba kuni FlyDubai aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-800 layneri Rossiyaning Rostov-Don shahri aeroportiga qo‘nish vaqtida halokatga uchradi. Hodisa oqibatida samolyot bortida bo‘lgan barcha yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari halok bo‘lgan.
Izoh (0)