Rossiyaning “NTV” telekanali Donbassda o‘zining jurnalisti halok bo‘lgani haqidagi xabarlarni inkor qildi. Bu haqda telekanalning rasmiy saytida xabar berildi.
20-mart kuni Ukraina matbuotida Gorlovka shahri atrofida Ukraina harbiylari tarafidan “NTV” muxbiri Yelena Lipnyova o‘ldirilgani xabar qilindi. 27 yoshli jurnalistning rasmi chop etilib, oilasi haqida ma’lumot berildi.
“NTV”ning ma’lumotiga ko‘ra, bu axborot haqiqatga mos kelmaydi, Yelena Lipnyova ismli jurnalist esa telekanalda ishlamaydi.
Izoh (0)