Facebook asoschisi Mark Sukerberg 18-mart kuni ertalab Pekindagi Tyananmen maydonidan yugurib o‘tishi aks etgan fotosuratni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirdi. Bu surat jiddiy bahslarni keltirib chiqardi, deb xabar beradi TJournal.
Sukerberg Pekinga qaytishdan xursand ekanligini, joriy yilda 160 kilometr yugurishga ulgurganini qayd qilib o‘tdi.
Ma’lum bo‘lishicha, milliarder Tyananmen maydonidan Osmon ibodatxonasiga qadar yugurgan. Bu yo‘nalish taxminan 3,5 kilometr masofani qoplaydi.
Mahalliy texnologik nashrlar Sukerberg ertalabki mashg‘ulotlar uchun qulay kun tanlamaganiga e’tibor qaratdi. Jumladan, TechAsia saytida ushbu kun uchun Pekin havosini “o‘ta ifloslangan” deb baholagan Air Quality dasturidan skrinshotlarni joylashtirildi.
Oradan bir necha soat o‘tib, Air Quality havo ifloslanishini tekshirish ko‘rsatkichlari o‘zgarib qoldi: dastur kutilmaganda ob-havoni yugurish va mashg‘ulotlar uchun qulay deb baholay boshladi.
Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Sukerberg, butun Xitoyda Facebook taqiqlanganiga qaramay, Pekindan surat joylashtira olganidan hayratda qoldi. Ayrimlar esa Facebook asoschisini 1989-yilda talabalar namoyishi qattiqqo‘llik bilan bostirilgan maydondan quvnoq chehra bilan yugurib o‘tganini qoraladi.
Izoh (0)