Hindiston shimolidagi Kashmirda 18-mart, juma kuni tongda yuz bergan otishmada ikki nafar jangari yo‘q qilindi, bir nafar harbiy xizmatchi yaralandi. Bu haqda ushbu hududda maxsus operatsiya o‘tkazayotgan Jammu va Kashmir shtati politsiyasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Huquqni muhofaza qilish organlarining ma’lum qilishicha, terrorchilarni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya tegishli axborot olingandan keyin boshlangan.Xandvara shahrida jinoyatchilar yashiringan uy politsiya tomonidan qurshab olingan. Jangarilar ularga qarata o‘t ochgan. Shafqatsiz otishma oqibatida ikki nafar jangari yo‘q qilingan, bir nafar harbiy xizmatchi jarohat olgan.
Bir necha jangari qurshovdan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan, politsiya ularni qidirmoqda.
Izoh (0)