AQShning Sietl shahrida 26-mart kuni o‘tkaziladigan Navro‘z tantanalarida 500 amerikalik ishtirok etadi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlenning so‘zlariga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
“Men ular ham bayramning an’anaviy taomlari: sumalak va palovdan lazzat olishini bilaman. Ular ham barcha o‘zbek oilalariga yo‘llayotganim tinchlik, mustahkam sog‘liq va omad tilaklariga qo‘shiladi”, — deyiladi Spratlen xonimning O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan tabrigida.
Sietl va Toshkent o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar 1973-yilda o‘rnatilgan. Shundan buyon ular birodar shaharlar hisoblanadi.
Izoh (0)