Gollandiyaning “PSV” futbol klubi prezidenti Toon Gerbrands jamoa muxlislarining “Atletiko”ga qarshi YeChL 1/8 final javob o‘yini oldidan namoyish qilgan axloqsizligini qoraladi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
“Kecha Madrid shahrida qashshoqlar bilan ko‘ngilsiz holatlar yuz berdi. Videolavhalarni o‘rganib chiqdik, klub muxlislarining qilgan ishini qoralaymiz. ‘PSV’ rahbariyati axloqsizlik qilgan muxlislar shaxsini aniqlab, ularni jazolash uchun barcha kerakli ishni amalga oshiradi. ‘PSV’ bunday muxlislarni qo‘llab-quvvatlamaydi”, – deydi Toon Gerbrands.
Eslatib o‘tamiz, gollandiyalik ishqibozlar Madrid markazida joylashgan Plasa-Mayor maydonidagi qashshoqlarni mazax qilgandi. Ular pivo ichib, qashshoqlarni tangalar bilan nishonga olgan, qo‘shiq kuylab, qashshoqlarni haqorat qilgan va harakatlarini videoga olgan.
Shuningdek, Londonning “Arsenal” jamoasi muxlislari ham “Barselona”ga qarshi YeChL 1/8 final javob o‘yini oldidan Kataloniya poytaxti (Barselona)dagi qashshoqlarni mazax qilib, ustidan kulgan edi.
Izoh (0)