Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining nimchorak finalida Ispaniyaning “Barselona” klubi Angliyaning “Arsenal” jamoasi darvozasiga umumiy hisobda 5 ta gol urdi. Gollarning 2 tasiga Lionel Messi mualliflik qilgan, deya xabar bermoqda “Sports.ru”.
“Barselona” argentinalik hujumchisi hozirga qadar “Arsenal” darvozasini 9 marta ishg‘ol qilgan. Bu Messining Chempionlar Ligasi doirasida bitta klub darvozasiga urgan gollari soni bo‘yicha rekord hisoblanadi. “Barselona” — “Arsenal” o‘yinidan so‘ng londonliklar ustozi Arsen Venger uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Luis Suares haqida emas, Lionel Messi borasida alohida to‘xtalib o‘tgandi.
Ispaniya chempionatini ham qo‘shib hisoblaganda, Messining golli seriyasi olti o‘yinga yetdi. So‘nggi olti bellashuvda hujumchi raqiblar darvozasiga 10 ta gol urdi. So‘nggi to‘qqiz o‘yindagi ko‘rsatkich esa 13 ta golga teng.
Izoh (0)