Singapurlik sakkiz oylik egizaklar Leya va Louren internetda mashhur bo‘lib ketdi, bu ularning turli liboslardagi fotosuratlarini Instagram’ga joylayotgan onasi Ember Yang sharofati bilan bo‘ldi, deb yozadi The Daily Mail. Qizaloqlarning Instagram sahifasiga 142 mingdan ortiq kishi obuna bo‘lgan.
Yang bolalarning suratlarini ular tug‘ilganidan bir necha oy o‘tib e’lon qila boshladi. Ayol ijtimoiy tarmoqqa chaqaloqlarning hayoti va ularning ilk sayohatlari aks etgan fotosuratlarni joylaydi.
Izoh (0)