Bruneyning Royal Brunei aviakompaniyasi butunlay ayollar ekipaji boshqaruvi ostidagi samolyot bilan Saudiya Arabistoniga reysni amalga oshirdi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Kapitan Sharifa Sarena Suraini, uchuvchilar Nadia Xashiyem va Sariana Nordin layner boshqaruvini 23-fevralda olgan bo‘lsa ham, OAV bunga endigina e’tibor qaratdi.
Sharifa Sarena Suraini uch yil muqaddam Janubi-Sharqiy Osiyoda samolyot ekipaji kapitani etib tayinlangan birinchi ayol bo‘ldi. Uning boshchiligidagi ekipajning Saudiya Arabistoniga reys amalga oshirishi diqqatga sazovor hodisa bo‘ldi, negaki ushbu davlatda ayollarga hatto mashina haydash ham norasmiy taqiqlangan. Oxirgi paytlarda saudiyalik ayollar tartibni yumshatish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda bir qancha kampaniyalar o‘tkazdi.
Izoh (0)