Amerikalik mediamagnat Barri Diller jek-rassel-teryer zotli sevimli itini klonlashtirishga 100 ming dollar sarfladi. Bu haqda Page Six nashriga asoslanib, TJournal xabar bermoqda.
InterActiveCorp internet-kompaniyasi direktorlar kengashining 74 yoshli raisi Diller Shennon laqabli itga shu qadar bog‘lanib qolgan ediki, uning aynan nusxalari bo‘lmish ikki kuchukchani yaratishga 100 ming dollar ajratdi.
Ta’kidlanishicha, Shennon milliarderning iti ekanligi uchun ancha mashhurlikka erishib, Shirli Makleyn, Dayana Ross, Joan Kollinz singari shou-biznes vakillari bilan “tanish” bo‘lgan.
Dillerning vakili jonivorning klonlashtirilishi Janubiy Koreya kompaniyalaridan biriga buyurtma qilinganini tasdiqladi. Shennonning tirikligi yoki olamdan o‘tgani borasida aniq ma’lumot berilmadi.
Izoh (0)